O‘zbekistonda sud hukmi ustidan apellyatsiya va kassatsiya tartibida shikoyat berish muddatlari uzaytiriladi

O‘zbekistonda sud hukmi ustidan apellyatsiya va kassatsiya tartibida shikoyat berish muddatlari uzaytiriladi

O‘zbekistonda sud hukmi ustidan apellyatsiya va kassatsiya tartibida shikoyat berish muddatlari uzaytiriladi. Bu haqda 22-dekabr kuni Oliy sud mutasaddilari ishtirokidagi matbuot anjumanida ma’lum qilindi.

Qayd etilishicha, Jinoyat-protsessual kodeksida birinchi instansiya sudining hukmi va ajrimi ustidan apellyatsiya tartibida shikoyat berish muddati 10 kundan 20 kunga, fuqarolik, ma’muriy va iqtisodiy ishlar bo‘yicha apellyatsiya shikoyatlarini berish muddatlari 20 kundan 1 oyga qadar uzaytirilmoqda.

Bundan tashqari, apellyatsiya tartibida shikoyat berishning o‘tkazib yuborilgan muddatlarini tiklash asoslari kengaytirilmoqda. Kassatsiya tartibida shikoyat berish muddatlari amaldagi 6 oydan farqli ravishda 1 yilga o‘zgartirildi.

Tiklanishi mumkin bo‘lgan muddatga chegara mavjud emas, taraflar har qancha muddat o‘tganidan keyin ham o‘tkazib yuborilgan muddatni tiklash to‘g‘risida sudga murojaat qilish huquqi saqlanib qoladi.

Ulashing: