Fargʻona viloyati yuridik texnikumida joriy yilning 4-oktabr kunida, “Oʻquv jarayonini kredit-modul tizimida tashkil qilinganligini oʻziga xos xususiyatlari” mavzusida seminar boʻlib oʻtdi.

Mazkur seminarda texnikumning kundizgi boʻlim 1-bosqich oʻquvchilari ishtirok etib, seminarni texnikum direktori M.Toshmatova kirish soʻzi bilan ochib, mavzuning dolzarbligi, yuridik texnikum oʻquvchilari uchun yaratilgan shart-sharoitlarni Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasining 17, 705-son qarorlari misolida tushintirdi.

Seminarni direktorning oʻquv ishlari boʻyicha birinchi oʻrinbosari A.Ergashev davom ettirib, oʻquv jarayonini kredit-modul asosida tashkil etilganligi, uning uchun Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasining 2021-yil 10-iyundagi 359-son qarori asos boʻlib, qaror asosida nizom tasdiqlanganligi, taʼlim sifati va samaradorligi, asosiy fanlar, tanlov fanlari hamda 3351-talabi doirasida baholash mezonlari amalga oshirilishini bayon qildi.



Telegram | Facebook | Instagram | Youtube

Ulashing: