Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligining 31 yilligi munosabati bilan xamda yangi tahrirda qabul qilingan Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining mazmun mohiyatini tushuntirishga qaratilgan targʻibot tadbirlarini amalga oshirish boʻyicha chora-tadbirlar rejasining 2 bandini bajarish maqsadida joriy yilning 10-oktyabr kuni “Adliya qanotlari” koordinatori, maxsus fan oʻqituvchisi O. Usmonova boshchiligida aholi gavjum joylarda hamda savdo majmuasida targʻibot tadbirlari tashkil etildi.
Targʻibot “Konstitutsiyam-qomusim, faxrim!” shiori ostida “Adliya qanotlari” volontyor oʻquvchilari tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining mazmun mohiyatini tushuntirishga qaratilgan flayerlar tarqatilib aholi tomonidan berilgan savollarga ham javoblar berilib tushuntirish ishlari amalga oshirildi.
Telegram | Facebook | Instagram | Youtube