“Adliya ayoli” respublika tanlovining farg‘ona viloyat bosqichi boʻlib oʻtdi.
Farg‘ona viloyati adliya boshqarmasida “Adliya ayoli” respublika tanlovining viloyat bosqichi oʻtkazildi.
Unda 17 nafar soha xodimalari ishtirok etib, belgilangan 3 ta shart asosida gʻoliblik uchun oʻzaro bellashishdi.
Ishtirokchilar dastlab huquqiy savodxonligi, qonunchilikni qay darajada bilishlarini test sinovi shartida imtihondan oʻtkazishdi. 30 ta test savoliga javob berishdilar. Keyingi shartda ular qonunchilikka oid dolzarb takliflarini himoya qilishdi. Oxirgi shartda xotin-qizlarimiz sport musobaqalari orqali kuch sinashdilar.
Tanlovning yakuniy natijalariga koʻra, Farg‘ona viloyati yuridik texnikumi maxsus fan o‘qituvchisi Zilola Oxunova 1-oʻrinni egallab, tanlovning respublika bosqichiga yoʻllanmani qoʻlga kiritdi.
Telegram | Facebook | Instagram | Youtube