“Zakovat” intellektual oʻyinini aholi oʻrtasida ommaviy-maʼrifiy harakatga aylantirish va boshqa intellektual oʻyinlarni rivojlantirishga oid chora-tadbirlar toʻgʻrisidagi 2022-yil 20-yanvardagi PQ-96-sonli qarori ijrosini taʼminlash hamda hamda Oʻzbekiston Respublikasi Pezidentining 2018-yil 2-fevraldagi “Xotin-qizlarni qoʻllab-quvvatlash va oila institutini mustahkamlash sohasidagi faoliyatini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi farmonida qizlarni har tomonlama yetuk, yuksak axloqli, bilimli va milliy qadriyatlarga hamda Ona Vatanga sodiq farzandlar qilib tarbiyalash vazifasi belgilab qoʻyilgan.

Shu munosabat bilan bugun 11-oktyabr “Xalqaro qizlar kuni” munosabati bilan zakovat intelektual oʻyini tashkil etildi.

Oʻyinda jaʼmi 7 ta jamoa ishtirok etdi hamda natijalarga koʻra:

1-oʻrin “Sud-huquqiy faoliyat” yoʻnalishi 1-bosqich 32-23 guruhining “Genius” jamoasi;

2-oʻrinni “Davlat –huquqiy faoliyat” yoʻnilishi 30-23 guruhining “Renesans” jamoasi;

3-oʻrinni “Yuridik xizmat” yo’nalishi 33-23 guruhining “Dominants” jamolari gʻoliblikni qoʻlga kiritdilar.



Telegram | Facebook | Instagram | Youtube

Ulashing: