📌Kitob — insonning eng yaqin doʻsti va maslahatchisi, aql qayrogʻi va bilim manbaidir. Kitob fikrlash quroli, xazinalar kaliti, tafakkur manbai boʻlgani uchun ham xalqimiz uni nonday aziz, moʻtabar va muqaddas deb hisoblagan. Shuning uchun kitobga boʻlgan muhabbat, uni qadrlash, oʻqishga ishtiyoq xalqimizning qon-qoniga singib ketgan. Insonning madaniyati uning kitobida aks etadi.
✅Fargʻona davlat universitetida “Yuridik Adabiyotlar Publish” nashriyoti tomonidan oʻtkazilgan kitob yarmarkasida texnikum oʻquvchilari ham faol ishtirok etdilar.
✅Yarmarkada mashhur adiblarimizning badiiy, tarixiy asarlari, jahon adabiyoti durdonalari, bestseller kitoblar hamda barcha kodekslarning yangi tahrirdagi kitoblari taqdim etildi.
Yarmarkada kitobsevar oʻquvchilar oʻzlari yoqtirgan sevib mutolaa qiladigan yozuvchi va adiblarning asarlarini sotib oldilar.
♻️Kitobni mutolaa qilish, asarlarning mazmun-mohiyati zamiriga yetish insonni komillikka, zukkolikka va teran fikr sohibiga aylantirishi shubhasizdir.
Telegram | Facebook | Instagram | Youtube