“Tongi saflanish” tadbiri tashkillandi.

O‘quvchilarni ma’naviy-axloqiy tarbiyalash, huquqiy, siyosiy madaniyatini va huquqiy ongini oshirish, ularda vatanparvarlik tuyg’usini shakllantirish hamda texnikum ichki-tartib va odob-ahloq qoidalariga rioya etishini nazorat qilish va rivojlantirish maqsadida xaftaning har dushanba kuni “Tongi saflanish” tadbirlarlari texnikumda doimiy ravishda tashkil etilib kelinmoqda.

🏛 Joriy yilning 16-oktabr kuni “Yuridik-xizmat ” yo’nalishi 31-23 guruh o‘quvchilari tomonidan navbatdagi “Tongi saflanish” tadbiri tashkillandi.

🔹 Tadbir davomida o‘quvchilar tomonidan maxsus tayinlaygan chiqishlar, siyosiy-ijtimoiy hamda sport yangiliklari havola etildi. Bundan tashqari o‘quvchilarning bilimlarini sinash maqsadida intellektual o‘yin ham tashkil etildi.

Qolaversa, 12-oktabr “Xalqaro qizlar” kuni munosabati bilan munosabati bilan birinchi bosqich o‘quvchi-qizlar o‘rtasida tashkil etilgan “Zakovat” intellectual o‘yinida faol ishtirok etib, faxrliy o‘rinlarni qo‘lga kiritgan o‘quvchilar texnikum rahbariyati tomonidan taqdirlandilar.



Telegram | Facebook | Instagram | Youtube

Ulashing: