Ochiq dars mashg‘uloti o‘tkazildi.

Joriy yilning 21-noyabr kuni “Umumta’lim fanlar” kafedarasi o‘qituvchisi D.Meliboyeva tomonidan Davlat tilida ish yuritish fanidan “Sud-huquqiy faoliyati” yo‘nalishi 32-23 guruhi o‘quvchilariga “Huquqiy diskurs: O‘lmas Umarbekovning “Yoz yong‘iri” qissasida jinoyatlarni ta’qib qilish va jazolashning qonuniy usullari” mavzusida ochiq dars mashg‘uloti o‘tkazildi.

Ochiq dars mashg‘ulotida “Nilufar guli”, “Yagona davra strategiyalari”, “Baliq skleti” metodlaridan foydalanildi.

Ochiq dars mashg‘uloti davomida o‘quvchilarga “Diskurs” tushunchasi haqida ma’lumot berildi. Asarda berilgan qahramonlar faoliyati o‘rganilib, jinoyatchi aniqlandi, unda jazolashning qonuniy usuli qo‘llanilish metodlari yurist-pedagoglar tomonidan izohlanildi.

Darsni texnikumning tajribali hamda yosh o‘qituvchilari kuzatdilar va ijobiy baho berdilar.



Telegram | Facebook | Instagram | Youtube

Ulashing: