Uch avlod uchrashuvi

Uch avlod uchrashuvi

Fargʻona viloyat sudida oʻtkazilgan uch avlod uchrashuvida barcha sud faxriylari, sudyalar, sud xodimlari hamda texnikum oʻquvchilari ishtirok etdi.

Tadbirda Oʻzbekiston Sudyalari assotsiatsiyasi raisi U.Mingboyev va boshqalar soʻzga chiqib, keksa avlod vakillarining jamiyatdagi oʻrni, bugungi sud faxriylarini eʼzozlash, ularning odil sudlovni amalga oshirish, sud-huquq islohotlarini hayotga samarali tadbiq etishda hayotiy tajribalarining roli xususida aytib oʻtdi.

Uchrashuvda sudyalar va sud faxriylarining sudyalik faoliyatlari davomida qiziqarli boʻlgan esda qolarli voqealar hamda hayot yoʻllari haqida soʻzlab berishgani “Uch avlod uchrashuvida” ishtirok etayotgan sud xodimlari va texnikum oʻquvchi yoshlarining sud sohasiga boʻlgan qiziqishini ortishiga sabab boʻldi.



Telegram | Facebook | Instagram | Youtube

Ulashing: