Joriy yilning 28-noyabr kuni texnikumning “Mutaxassislik fanlari” kafedrasi o‘qituvchisi F. Mirjavharova tomonidan “Konstitutsiyaviy huquq” modulidan “Davlat -huquqiy faoliyati” yo‘nalishi 29-23 guruhida «Iqtisodiy, ijtimoiy, madaniy va ekologik huquqlar» mavzusida ochiq dars o‘tkazildi.
Ochiq dars davomida, interfaol usullar, zamonaviy pedagogik texnologiyalardan unumli foydalanildi.
Shuningdek, mavzuga oid slaydli taqdimot asosida mavzu atroflicha bayon qilindi. Kichik guruhlar ishi musobaqa shaklida tashkil etildi.
Darsni texnikumning tajribali hamda yosh o‘qituvchilari kuzatdilar va ijobiy baho berdilar.













Telegram | Facebook | Instagram | Youtube