Farg‘ona tumanlararo sudining sudyalari va sudya yordamchilari bilan uchrashuv o’tkazildi.

Oʻzbekiston Respublikasi oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2023 yil 12-avgustdagi 93-sonli bayonining 2-ilova, 57-bandida 8-dekabr – O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligining 31-yilligi munosabati bilan ijodiy uchtashuvlar, davra suhbatlari tashkil etish vazifasi belgilangan.

Shunga ko‘ra Farg‘ona viloyati yuridik texnikumida joriy yilning 7-dekabr kuni Farg‘ona tumanlararo sudining sudyalari va sudya yordamchilari taklif qilindi.

Uchrashuv davomida sudya U.Omonov so‘zga chiqib, yangi tahrirdagi ‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasini mazmun-mohiyatini, xalqchil ekanligini mazkur qonunimiz barcha normative huquqiy hujjatlarga manba bo‘lib xizmat qilishi haqida fikr bayon qildi.

Tadbir so‘ngida texnikum o‘quvchilarining bergan savollari doirasida savol-jovoblar bo‘lib o‘tdi.



Telegram | Facebook | Instagram | Youtube

Ulashing: