«Mehr ulashib» volontyorlari sovuq kunlarida ko‘tarinki kayfiyat va mehr ulashdilar.

🏛 Texnikumda muntazam ravishda turli yonalishdagi bir qator klublar doimiy ravishda faoliyat olib bormoqda.

🔹 Bunday klublarni tashkil etishdan maqsad o‘quvchi-yoshlarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazish bilan birga ularning dunyoqarashini oshirish, ona vatanga bo‘lgan sadoqatini yanada shakllantirish, insonlarga va atrof muhitga mehr-muruvvat bilan qarashga undashdan iboratdir.

🔹 Shu munosat bilan joriy yilning 19-dekabr kuni texnikumning vazirlik stipendiyasi sohiblaridan tashkil topgan «Mehr ulashib» volontyorlari erta tongda tashqarida o‘z mehnat faoliyatlarini olib borayotgan ishchi-xodimlar hamda fuqarolarga ozgina bo‘lsa-da qishning sovuq kunlarida ko‘tarinki kayfiyat va mehr ulashdilar.



Telegram | Facebook | Instagram | Youtube

Ulashing: