“Yangi O‘zbekiston farzandlari kelajak posbonlari” shiori ostida davra suhbati bo‘lib o‘tdi.

“14-yanvar Vatan himoyachilari kuni” munosabati bilan “Yangi O‘zbekiston farzandlari kelajak posbonlari” shiori ostida davra suhbati bo‘lib o‘tdi.

Tadbir o‘quvchilarning vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, harbiy sohaga bo‘lgan qiziqishlarini ortirish hamda ijtimoiy faolligini oshirish maqsadida tashkillandi.

Tadbir boshida texnikum o‘quvchilari tomonidan tayyorlangan bayramona chiqishlar namoyish etildi.

Tadbirga taklif etilgan zaxiradagi moyor T.Fozilov va zaxiradagi serjant A.Xorinovlar bugungi kunda harbiy sohaga qaratilayotgan eʼtibor, yaratib berilayotgan shart-sharoitlar, keng koʻlamdagi imtiyozlar haqida atroflicha toʻxtalib oʻtdilar.

Tadbir so‘ngida taklif etilgan zaxiradagi harbiy xizmatchilarga texnikumning faxriy yorliq va esdalik sovg’alari topshirildi.



Telegram | Facebook | Instagram | Youtube

Ulashing: