
Farg‘ona viloyati adliya boshqarmasi boshlig‘i A.Buriyev tomonidan tasdiqlangan “2024-yilning yanvar-fevral oylari davomida yoshlar bilan ishlash bo‘yicha yuridik texnikumning kalendar rejasi”ning 6-bandi ijrosini ta’minlash yuzasidan texnikum xodimi M.Madaminov tomonidan yoshlar o‘rtasida vatanparvarlikni keng targ‘ib qilish, ularning Vatanga muhabbat xissini yanada kuchaytirish maqsadida “Mening Vatanim” mavzusida qiziqarli viktorina tashkil etildi.
Tadbir davomida o’quvchilar O’zbekiston Respublikasining hududiy yaxlitligi, ma’muriy-hududiy bo’linishi yuzasidan qiziqarli savollarga javob topdilar.
Bunday tadbirlar yoshlarni vatanimiz tarixini chuqurroq o’rganishiga xizmat qiladi.








Telegram | Facebook | Instagram | Youtube