
Farg’ona viloyat yuridik texnikumining o’quvchilar turar joyida yashovchi o’quvchilarning bo’sh vaqtlarini mazmunli o’tkazish maqsadida turli tadbirlar o’tkazib kelinmoqda.
Joriy yilning 25, 26,29-yanvar kunlari turar joyda yashovchi o’quvchilar o’rtasida sportning shaxmat, stol tennisi va voleybol turlari bo’yicha musobaqalar o’tkazildi.
Yuqori kayfiyatda tashkil etilgan ushbu musobaqalarda g’olib o’quvchilar aniqlandi.
Jumladan
– Shaxmat musobaqasida 2-kurs o’quvchisi Turg’unboyev Asadbek;
– Stol tennisi bo’yicha qizlar o’rtasida 1-kurs o’quvchisi Mirzaxalilova Durdona, o’g’il bollar o’rtasida 2-kurs o’quvchisi Qurbonaliyev Suhrobjon g’alaba qozondilar Bunday do’stona musobaqalar o’quvchi-yoshlar orasida sog’lom muhitni yaratish va sog’lom turmush tarzini shakllanishida muxim ahamiyat kasb etadi.
Musobaqalar yakunida turar joy o’quvchilari tomonidan maroqli xordiq uchun lirik chekinish, ajoyib musiqa va qo’shiqlar jonli ijro etildi.










Telegram | Facebook | Instagram | Youtube