
Joriy yilning 5-fevral kuni O‘zbekiston Respublikasining yangi tahrirdagi Konstitutsiyasi targ‘iboti munosabati bilan Farg’ona viloyati yuridik texnikumining «Adliya qanotlari» koordinatori O.Usmonova boshchiligida «Adliya qanotlari» volontyorlari ishtirokida Farg‘ona shahar “Markaziy istirohat bog‘I” va aholi gavjum joylarida fuqorolarning huquqiy ong va huquqiy madaniyatini oshirish maqsadida “Davlat o‘z zimmasiga olayotgan ijtimoiy majburiyat” mavzusida targ’ibot ishlari olib borildi.
Targ‘ibot davomida volontyorlar tomonidan yangi tahrirdagi Konstitutsiyaning mazmun-mohiyati, undagi bo’lim, bob va moddalar haqida, xususan, Davlat o‘z zimmasiga olayotgan ijtimoiy majburiyatlarga oid 10 ta eng muhim kafolatlar haqida fuqarolarga ma’lumotlar berildi.








Telegram | Facebook | Instagram | Youtube