Joriy yilning 15-fevral kuni texnikumning “Mutaxassislik fanlari” kafedrasi o‘qituvchisi F. Mirjavharova tomonidan “Konstitutsiyaviy huquq” modulidan “Sud -huquqiy faoliyati” yo‘nalishi 32-23 guruhida «O’zbekiston Respublikasida Saylov tizimi» mavzusida ochiq dars o‘tkazildi.
Ochiq dars davomida, interfaol usullar, zamonaviy pedagogik texnologiyalardan unumli foydalanildi.
Shuningdek, mavzuga oid slaydli taqdimot, videorolik asosida mavzu atroflicha bayon qilindi. Kichik guruhlar ishi musobaqa shaklida tashkil etildi.
Darsni texnikumning tajribali hamda yosh o‘qituvchilari kuzatdilar va ijobiy baho berdilar.









Telegram | Facebook | Instagram | Youtube