“Adabiyot – yuristlar nigohida” shiori ostida yosh kitobxonlar tanlovi oʻtkaziladi.

Yoshlar maʼnaviyatini yuksaltirish, ijtimoiy-maʼnaviy muhitni yanada sogʻlomlashtirish, millatlararo totuvlik, oʻquvchi-yoshlarda vatanparvarlik, yuksak maʼnaviy-maʼrifiy va intellektual fazilatlarini oshirish, yangi gʻoyalar yaratib ijodiy ishlarni namoyish etish hamda kitobxonlikka bo‘lgan qiziqishlarini oshrish maqsadida Axborot-resurs markazi hamda Adliya vazirligi stipendiyasi sohiblari tomonidan “Adabiyot – yuristlar nigohida” shiori ostida yosh kitobxonlar tanlovi oʻtkaziladi.

✅ Tanlov Oʻtkir Hoshimovning “Ikki eshik orasi” va Agata Kristining “Oʻnta negr bolasi” asarlari asosida boʻlib oʻtdi.

Tanlovda o‘quvchi yoshlar yuqoridagi asarlar asosida test va bilts savollarga javob berdilar hamda hayat a’zolari tomonidan shu joyning o‘zida boholandilar.

Tanlov natijalariga ko‘ra quyidagi o‘quvchilar g‘olib deb topildi:

1-o‘rin Odiljonov Xojiakbar Xayotjon o’g’li 29-23 guruh;

2-o‘rin To’xtasinova Ruxshona Raxmonberdi qizi 29-23 guruh;

3-o‘rin Xolmatova Muhlisa Shermuhammad qizi 23-22 guruh.



Telegram | Facebook | Instagram | Youtube

Ulashing: