“Yosh hunarmandlar” mavzusida ko‘rgazmali tadbir o‘tkazildi.

Farg‘ona viloyati adliya boshqarmasi boshlig‘i tomonidan tasdiqlangan “2024-yilning yanvar-fevral oylari davomida yoshlar bilan ishlash bo‘yicha yuridik texnikumning kalendar rejasi”ning 23-bandi ijrosini ta’minlash yuzasidan texnikumning “Mutaxassislik fanlari” kafedrasi o‘qituvchilari I.Ubaydullayev, O.Usmonovalar boshchiligida texnikumning hunarmand o‘quvchilari tomonidan “Yosh hunarmandlar” mavzusida ko‘rgazmali tadbir o‘tkazildi.

Tadbirda texnikum o‘quvchilari o‘qishdan bo‘sh vaqtlarida o‘zlari yasagan kulolchilik buyumlari, o‘z qo‘llari bilan tikkan kiyim-kechaklar, to‘quvchilik namunalari, pishiriqlar va boshqa turli qo‘l mehnati bilan yasalgan buyumlarini namoyish etdilar.

Tadbir ko‘tarinki ruhda bo‘lib o‘tdi va texnikum o‘quvchilarining hunarmandchilikka bo‘lgan qiziqishlarini yanada oshirdi.



Telegram | Facebook | Instagram | Youtube

Ulashing: