“Yo’l harakati xavfsizligi” mavzusida amaliy mashg‘ulot o‘tkazildi.

📌Farg‘ona viloyati adliya boshqarmasi boshlig‘i tomonidan tasdiqlangan “2024-yilning yanvar-fevral oylari davomida yoshlar bilan ishlash bo‘yicha yuridik texnikumning kalendar rejasi”ning 25-bandi ijrosini ta’minlash yuzasidan texnikum xodimi M.Madaminov hamda Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Jamoat xavfsizligi departamenti Farg’ona viloyati yoʻl harakati xavfsizligi xizmati xodimlari bilan hamlorlikda “Yo’l harakati xavfsizligi” mavzusida amaliy mashg‘ulot o‘tkazildi .

♻️Tadbir davomida volontyor o`quvchi-yoshlar yo`l harakati qoidalariga qatiy amal qilishlari lozimligini, piyoda va haydovchilarga yo`l harakati qoidalarini buzish holatlari ko`pincha tezlikni oshirish yoki voyaga yetmagan fuqarolarning o`zboshimchalik bilan transport vositalarini boshqarishi natijasida kelib chiqayotganligi yuzasidan profilaktika ishlarini olib bordilar.



Telegram | Facebook | Instagram | Youtube

Ulashing: