
Joriy yilning 29-fevral kuni texnikumning “Mutaxassislik fanlar” kafedrasi o‘qituvchisi Z.Oxunova tomonidan “Jinoyat protsessual huquqi” fanidan 2-bosqich “Sud-huquqiy faoliyati” yo‘nalishi 25-22 guruhida «Ehtiyot choralarini qo‘llash tartibi» mavzusida ochiq dars o‘tkazildi.
Ochiq dars seminar -mashgʻulot shaklida oʻtkazilib, unda ehtiyot choralarini qo‘llash asosi va tartibi boʻyicha o‘quvchilarga berilgan nazariy bilimlarni amaliyotda qoʻllanishi boʻycha koʻnikmalarini shakllantirish darsni asosiy maqsadi qilib qoʻyilgan.
Darsni texnikumning tajribali hamda yosh o‘qituvchilari kuzatdilar va ijobiy baho berdilar.








Telegram | Facebook | Instagram | Youtube