Ayollarni, qizlarni bahorga qiyoslashadi, bahorni ularga. Go`zallik, nafosat, yangilanish, hayot davomiyligi bahor va ayol tushunchalarida uyg`unlashib ketadi.
Ayol azaldan mehr-shafqat va sadoqat timsoli bo`lib kelgan. Ayol deganda ko`z o`ngimizda avvalo, ulug` va tabarruk ona siymosi gavdalanadi. Inson zoti borki, olamdagi barcha yaxshilik va ezguliklarni, hayot siru-asrorlari va saboqlarini onaning mehru-sahovati tufayli o`rganadi.
Bayram munosabati bilan texnikumda «Zamin go‘zalligisiz – lobar ayollar» nomli bayram tadbiri o’tkazildi.
Tadbirda ayollarni mahv etuvchi she’rlar, kuy-qo’shiqlar, sahna ko’rinishlari hamda musiqiy kompozitsiyalar namoyish etildi.
Bayram tadbiridan texnikum o’qituvchi va xodimlari, o’quvchi-yoshlari olam-olam zavq oldilar.
Barcha ayollarimizni 8-mart “Xalqaro xotin-qizlar kuni” bilan samimiy muborakbod etamiz!




















Telegram | Facebook | Instagram | Youtube