Joriy yilning 1-aprel kuni texnikumning 2-bosqich “Sud-huquqiy faoliyat” 25-22 guruhi oʻquvchilari «Kriminalistika» fanidan amaliy mashgʻulot boʻyicha Fargʻona IIB Ekspert-kriminalistik markaziga tashrif buyurishdi.
Tashrif davomida oʻquvchilarga EKM bosh mutaxassisi, militsiya podpolkovnigi N.Abdunazarov tomonidan EKM xonalaridagi ekspertiza oʻtkazish uchun moʻljallangan kriminalistik texnikalar, asbob-uskunalar, daktiloskopik, trasologik, xatshunoslik sud-kimyoviy va ballistik ekspertizalarni oʻtkazish jarayonlari nazariy va amaliy jixatdan atroflicha tushuntirib oʻtildi.
Shuningdek, oʻquvchilarga dastlabki tergov va surishtiruv olib borish jarayonida qo’llaniladigan “dron” uchish uskunasi va uning turlari, shaxsni tanib olish boʻyicha tezkor-qidiruv usullari, sovuq va oʻq otar qurollarning oʻziga xos xususiyatlari ham batafsil tushuntirib berildi.













Telegram | Facebook | Instagram | Youtube