“Fuqarolik va Ma’muriy sud ishlari bo‘yicha namunaviy sud protsessi” tanlovining mintaqaviy bosqichi bo‘lib o‘tdi.
Ikkinchi mintaqa bosqichida ishtirok etayotgan Andijon, Farg‘ona va Namangan viloyatlari yuridik texnikumlarining o‘quvchilari qizgin bahslarni olib bordilar.
Tanlov jarayonida o‘quvchi yoshlar o‘zlarining sudda tezkor fikrlash, tahlil qilish, o’z pozitsiyasini ilgari surish hamda optimal qarorlarni qabul qilish qobiliyatini namoyon etdilar.
Tanlov natijasiga ko’ra “Fuqarolik ishlari bo‘yicha namunaviy sud protsessi” respublika final bosqichiga yo‘llanmani Farg‘ona viloyati yuridik texnikumi jamoasi o‘z iqtidorlarini namoyon etgan holda qo’lga kiritdilar.
Jamoamizga respublika bosqichida ham birinchilikni qo‘lga kiritishlarida zafar yor bo‘lishini tilab qolamiz!.






Telegram | Facebook | Instagram | Youtube