Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2024-yil 3-apreldagi 3/15-52-589-son xati yuzasidan 2023/2024 oʻquv yilida Professional ta’lim muassasalarida oʻquvchi-yoshlar bilan ishlash samaradorligini oshirish va ularning boʻsh vaqtini mazmunli tashkil etishga qaratilgan yillik kalendar rejasining 1-bandi ijrosi bo‘yicha joriy yilning 13-aprel kuni texnikumda “Oʻzbek yigiti – mustaqillik posboni” mavzusida harbiy soha mutaxassislarini jalb qilgan holda davra suhbati oʻtkazildi.
Tadbir davomida Davlat xavfsizlik xizmati chegara qo‘shinlari faxriysi istefodagi podpolkovnik A.Meliqo‘ziyev, serjant A.Xorinov, kichik serjant N.Abdullayevalar so‘z olib, o‘quvchi-yoshlarga Qurolli Kuchlarimizning jangovor shayligini, ularning moddiy-texnik bazasi, harbiy xizmatchilar va ularning ijtimoiy himoyasi hamda har bir yoshlarimizning vatanparvarlik ruhida tarbiyalash borasida salmoqli ishlar olib borilayotgan ishlar bilan tanishtib o‘tdilar.
Tadbirda soʻz olgan harbiy faxriylar Vatanni himoya qilish sharafli va masʼuliyatli vazifa ekanini alohida taʼkidlab, oʻzlarining koʻp yillik boy xizmat tajribalarini ishtirokchilar bilan oʻrtoqlashdilar.











Telegram | Facebook | Instagram | Youtube