Farg‘ona viloyati yuridik texnikumida N.Lobachevskiy nomidagi Nijniy Novgorod davlat universitet vakillari ishtirokida bitiruvchilar bilan davra suhbati boʻlib oʻtdi.
Suhbat jarayonida bugungi kundagi ikkala davlatdagi taʼlim tizimi, boʻlgʻusi yuristlarni tayyorlash uslublari hamda halqaro hamkorlik masalalari haqida fikr yuritildi.
Uchrashuv davomida Nijniy Novgorod davlat universitetning moddiy texnik bazasi, yaratigan shart-sharoitlar to‘g‘risida yaqindan tanishtirdi va universitet to‘g‘risida video roliklar namoish etildi, universitet haqidagi buklet va flayerlar tarqatildi.
Yakunda texnikum o‘quvchi-yoshlari tomonidan berilgan savollariga N.Lobachevskiy nomidagi Nijniy Novgorod davlat universitet vakillari tomonidan javoblar berib o‘tildi.








Telegram | Facebook | Instagram | Youtube