Fargʻona viloyat adliya boshqarmasi tomonidan Fargʻona viloyat yuridik texnikum oʻquvchilari uchun “Ochiq eshiklar kuni” tashkil etildi.
Joriy yilning 26-aprel kuni texnikumning “Umumta’lim fanlar” kafedrasi o‘qituvchisi Z.Rahmonova boshchiligida 1-bosqich “Sud-huquqiy faoliyat” yo‘nalishi 37-23 guruhi o‘quvchilari viloyat adliya boshqarmasiga tashrif buyurdilar.
Unda yoshlarning siyosiy-huquqiy savodxonligini oshirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar, shuningdek adliya tizimi tarixi hamda xodimlar ish faoliyatlarini olib borishlari uchun yaratilgan sharoitlar, boshqarmada faoliyat yurituvchi sho’balar faoliyati bilan yaqindan tanishdi.
Shuningdek, texnikum oʻquvchilari boshqarmada fuqarolar qabuli uchun yaratilgan sharoitlar bilan tanishdilar. Bu yerda murojaatchilarni qabul qilish tartibi, fuqarolar bilan suhbat jarayonida samimiy munosabatlar haqida batafsil maʼlumotlar olishdi.
Yoshlar adliya boshqarmasi boʻylab ekskursiya davomida adliya organlari faoliyati haqida batafsil ma’lumotga ega boʻlishdi.












Telegram | Facebook | Instagram | Youtube