“Olima ayol va qizlar” mavzusida davra suhbati o‘tkazildi.

Farg‘ona viloyati yuridik texnikumida 2030-yilga qadar O‘zbekiston Respublikasida gender tenglikka erishish strategiyasini 2024-yilda amalga oshirish bo‘yicha chora-tadbirlar rejasining 3-bandida “Texnikumda faoliyat olib borayotgan xotin-qizlarning ilmiy g‘oyalarini ro‘yobga chiqarish ko‘nikmalarini shakllantirish, ularni ilmiy-innovatsion faoliyatga keng jalb etish” belgilangan.

Ushbu reja ijrosini ta’minlash maqsadida joriy yilning 2-may kuni texnikumning “Umumta’lim fanlari” va “Mutaxassislik fanlari” kafedralari mudirlari boshchiligida O‘zbekiston yozuvchilar uyushmasi a’zosi, shoira, Qozog‘iston respublikasi “Dunyo talantlari” uyushmasi a’zosi, Qirg‘iziston respublikasi yozuvchilar jamoat fondi a’zosi Nishonova O‘lmasoy Dagarovna bilan “Olima ayol va qizlar” mavzusida davra suhbati o‘tkazildi.

Suhbat jarayonida shoira o‘zining hayot yo‘li va tajribalari bilan o‘rtoqlashdi, ijod namunalaridan o‘qib berdi. O‘quvchi-qizlar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldilar.



Telegram | Facebook | Instagram | Youtube

Ulashing: