
Farg‘ona viloyati yuridik texnikumida 2030-yilga qadar O‘zbekiston Respublikasida gender tenglikka erishish strategiyasini 2024-yilda amalga oshirish bo‘yicha chora-tadbirlar rejasining 10-bandida “Barqaror rivojlanish maqsadlari doirasida yoshlarni oilaviy hayotga tayyorlash, erta nikoh, erta tug‘ruq holatini tahlil qilish” belgilangan.
Ushbu reja ijrosini ta’minlash maqsadida joriy yilning 2-may kuni texnikumga Farg‘ona viloyati bosh imom xatibining xotin-qizlar masalalari bo‘yicha yordamchisi X.Komilova va Farg‘ona viloyati sog‘lomlashtirish markazining reproduktiv salomatlik va yordamchi texnologiyalar bo‘limi akusher ginekologi M.Ahmedova, M.Xaydarovalar tashrif buyurib, o‘quvchi-yoshlar bilan davra suhbati o‘tkazdilar.
Tadbir davomida soha mutaxasislari yoshlarni oilaviy hayotga tayyorlash, erta nikoh va uning salbiy oqibatlari, erta tug‘ruq holati, reproduktiv salomatlik, reproduktiv huquq hamda gender tenglik to‘g‘risida fikr-mulohazalarini aytib o‘tdilar.






Telegram | Facebook | Instagram | Youtube