Xabaringiz bor, joriy yilning 2-3-may kunlari Adliya vazirligi yuridik texnikumlari o’quvchilari o’rtasida «Fuqarolik va ma’muriy sud ishlari bo’yicha namunaviy sud protsessi» tanlovining respublika bosqichi bo’lib o’tdi.
Tanlovning «Fuqarolik sud ishlari bo’yicha namunaviy sud protsessi» final bahsiga yo’llanmani qo’lga kiritgan Farg’ona viloyati yuridik texnikumi jamoasi o’z iqtidorlarini namoyon qilishdi.
Hakamlar hay’atining yakuniy xulosalariga ko’ra, Farg’ona viloyati yuridik texnikumi «Fuqarolik sud ishlari bo’yicha namunaviy sud protsessi» tanlovining respublika bosqichida faxrli 1-o’rinni egalladi va 10 000 000 so’m pul mukofotini qo’lga kiritdi.
O’quvchilarimizni ushbu yutuq bilan texnikum rahbariyati, pedagog-xodimlari hamda tengdoshlari nomidan samimiy muborakbod etamiz!











Telegram | Facebook | Instagram | Youtube