“Bir bo’lsak – yagona xalqmiz, birlashsak – Vatanmiz!” shiori ostida tadbiri bo’lib o’tdi.

Farg’ona viloyati yuridik texnikumida “Bir bo’lsak – yagona xalqmiz, birlashsak – Vatanmiz!” shiori ostida tashkil etilgan yangi o’quv yili tadbiri bo’lib o’tdi.

Tadbirda so’z olgan Farg’ona viloyati adliya boshqarmasi boshlig’i A.Buriyev barchani yangi o’quv yili bilan tabrikladi. Mamlakatimizda sifatli ta’limga qaratilayotgan e’tiborning zamirida yoshlarning ilm olishi, kasb-hunar o’rganishlari turganligini qayd etdi.

Shuningdek, Farg’ona viloyati yuridik texnikumining 6 nafar o’quvchisi O’zbekiston Respublikasi “Adliya vazirligi stipendiyasi” sohibi bo’lganligi bilan tabrikladi. Tadbirdan so’ng texnikumning 2-bosqich o’quvchilari uchun “Mustaqillik darsi” o’tdi.



Telegram | Facebook | Instagram | Youtube

Ulashing: