Tanlov asosida ishga taklif qilamiz.

Tanlov asosida ishga taklif qilamiz.
Ochiqlik, oshkoralik va shaffoflik — faoliyatimizning eng ustuvor yoʻnalishi.

Ayni damda Fargʻona viloyati yuridik texnikumida “Maxsus fanlar” o’qituvchisi lavozimiga pedagog-xodimini ishga qabul qilish boʻyicha arizalar qabul qilinmoqda.

Vakant lavozim: 0,5 ta
Malakaga oid talablar:

Oliy yuridik maʼlumotga ega boʻlgan kamida 3 yillik mehnat stajiga ega bo‘lgan bo’lishi kerak.

 Axborot kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanish bilishi shart. (oylik maosh hamda faoliyatidan kelib chiqib, qo’shimcha ustamalar belgilanadi)

Nomzodlar tanlov uchun ariza, shaxsiy maʼlumotnoma (obʼektivka), diplom nusxasi, pasport nusxasini https://vakansiya.adliya.uz/ saytiga kirib roʻyhatdan oʻtib, hujjatlarni taqdim etishlari lozim.
Texnikumidagi boʻsh ish oʻrinlarga ariza va tegishli hujjatlar 2024-yil 28-sentabr kuni soat 17:00 ga qadar qabul qilinadi.
Tanlov tartibi buzilgan taqdirda yoki korrupsiya holatlari yuz berganda bu haqda Adliya vazirligining “1008” ishonch telefoniga, @antikorbot telegram kanaliga murojaat qilishingiz mumkin.
Saralash jarayoni quyidagi bosqichlarda oʻtkaziladi:
1. Hujjatlar qabuli;
2. Arizalar va hujjatlarni oʻrganish;
3. Test sinovlarini oʻtkazish;
4. Suhbat.

Ulashing: