Joriy yilning 15-oktabr kuni texnikumning “Umumta’lim fanlar” kafedrasi o‘qituvchisi D.Meliboyeva tomonidan “Davlat tilida ish yuritishi” modulidan “Yuridik xizmat” yo‘nalishi 42-24-guruhida “Protsessual hujjatlar” mavzusida ochiq dars mashg‘uloti o‘tkazildi.
Ochiq dars davomida interfaol usullar (Klaster, “Yagona davra” strategiyasi, test sinovlari) zamonaviy pedagogik texnologiyalardan unumli foydalanildi.
Shuningdek, mavzuga oid slaydli taqdimot asosida mavzu atroflicha bayon qilindi. Kichik guruhlar ishtirokida mavzuga oid ma’lumotlar yoritildi.
Darsni texnikumning tajribali hamda yosh o‘qituvchilari kuzatdilar va ijobiy baho berdilar.









Telegram | Facebook | Instagram | Youtube