“Vatanparvarlikni men qanday tushunaman?” mavzusida insholar tanlovi o’tkazildi.

O’zbekiston Respublikasi Prezidentining  2020 yil  17 dekabrdagi  PF-5614-son farmoyishi bilan tasdiqlangan “Ozbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganligining 29-yilligi hamda Vatan himoyachilari kunini tashkil etilganligining 29-yilligi hamda Vatan himoyachilar kunini nishonlashga tayyorgarlik ko’rish va o’tkazishga bag’ishlangan Vatanparvarlik oyligini 2020 yil 18 dekabrdan 2021 yil 18 yanvarga qadar o’tkazish bo’yicha tadbirlar dasturi”ning  25 bandida ta’lim muassalari o’quvchi-talablari o’rtasida “Vatanparvarlikni men qanday tushunaman?” mavzusida insholar tanlovini tashkil etish va o’tkazish belgilangan.

Shunga ko’ra joriy yilning 15 yanvar kuni texnikumning 1-bosqich talabalari o’rtasida adolatlilik, oshkoralik va holislik printsiplariga qatiy rioya etgan holda insholar tanlovi o’tkazildi.

Tanlov natijalariga ko’ra faxriy birinchi o’rin 1-20 guruh o’quvchisi Odilova Feruzabonu;

2-o’rin 2-20 guruh o’quvchisi Turg’unboyeva Dilyoraxon va 3-20 gurihidan Ergasheva Shaxloxon

3-o’rin 6a-20 guruh o’quvchisi Nabijonova Jasurbek hamda 3-20 guruhidan Mahammadjonova Marjonabonular G’oliblikni qo’lga kiritdilar.

Ulashing: