Til-xalqning, millatning eng buyuk qadryatlaridan biri hisoblanadi. Shuning uchun xalqning ozodlikka, o’zligini anglab yetishga intilishda tilning qadrini tiklash, nufuzini yanada oshirish muhum o’rin tutadi.
Oʻzbek tiliga davlat tili maqomi berilganligining 35 yilligi munosabati bilan texnikumning “Umumta’lim fanlari” kafedrasi o‘qituvchisi D.Meliboyeva boshchiligida “Buyuk zabonimsan-tilim! ” shiori ostida O‘zbek tili bayrami o‘tkazildi.
Tadbirda oʻquvchi- yoshlar tomonidan ona tilini ulugʻlovchi sheʼrlar, qoʻshiqlar va sahna ko‘rinishlari ijro etildi,
Shuningdek, oʻzbek adabiyotining nodir asarlaridan parchalar namoyish etildi. Tadbir barchada yorqin taassurot qoldirdi.













Telegram | Facebook | Instagram | Youtube