Joriy yilning 28-oktabr kunidan 2024/2025 oʻquv yilining 1-semestr uchun oraliq nazoratlar haftaligi boshlandi.
Oraliq nazoratlar haftaligi tasdiqlangan jadval asosida tashkil etilib, sinovlarning shaffofligini taʼminlash maqsadida har bir guruhga nazoratchi pedagog xodimlar biriktirildi.
Kafedralar tomonidan tayyorlangan oraliq nazorat savolnomalari oʻquv-metodik boʻlimda koʻrib chiqildi va tasdiqlangan holatda oʻquvchilarga taqdim etilmoqda.
Oraliq nazorat haftaligi joriy yilning 1-noyabr kuniga qadar davom etadi.









Telegram | Facebook | Instagram | Youtube