O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirining 2021-yil 2-noyabrdagi 296-um-sonli buyrug‘i ijrosini ta’minlash maqsadida yuridik texnikumlar o’rtasida «Idrok» intellektual o’yinlarining texnikum bosqichilari bo’lib o’tmoqda…
Mazkur intellektual o’yin texnikum yoshlarining intellektual salohiyatini oshirish, ularga o’z bilimini va iqtidorini namoyon etishga imkoniyatlar yaratish, shuningdek yigit-qizlar orasida o’z kasbini sevish, ilm-fanga ishtiyoq va yurt kelajagiga daxldorlik tuyg’ularini yuksaltirishga qaratilgani bilan ahamiyatlidir.
Joriy yilning 28-oktyabr kuni “Idrok” intellektual o’yinning texnikum bosqichi o‘tkazildi va o‘yin natijalariga ko‘ra “Albion” jamoasi g’oliblikni qo’lga kiritdi. Ushbu jamoa texnikum nomidan Respublika bosqichida o’z bilimlarini sinovdan o’tkazadi.
“Albion” jamoasiga Respublika bosqichida omad tilaymiz!!!















Telegram | Facebook | Instagram | Youtube