
Joriy yilning 18-noyabr kuni “Mutaxassislik fanlari” kafedrasi o‘qituvchisi O.Usmonova tomonidan 1-bosqich “Sud-huquqiy faoliyat” yo‘nalishi 43-24 guruhida “Davlat bayrog‘I – jonajon vatanimning shon sharafi, uning istiqboli, ozodligi timsoli” mavzusida “Ma’naviyat soati” o‘tkazildi.
O‘zbekistonning davlat ramzlari xalqimizning shon-sharafi, tarixiy xotirasi va intilishlarini o‘zida mujassam etib, shu yurtda yashovchi har bir fuqaroga g‘urur, faxr va iftixor bag‘ishlaydi. Ular ma’naviyatning eng muhim timsollaridir.
O‘tkazilgan ma’naviyat soatida davlat ramzlarining muqaddasligi, ular bizga yurt manfaati har nedan ustunligini anglatib, ayniqsa, yosh avlod yodda tutishi maqsadga muvofiq ekanligi qayd etildi.







Telegram | Facebook | Instagram | Youtube