
Joriy yilning 17-dekabr kuni texnikumning “Mutaxassislik fanlar” kafedrasi o‘qituvchisi SH.Jiyanova tomonidan “Mehnat huquqi” fanidan 2-bosqich “Davlat-huquqiy faoliyat” yo‘nalishi 29-23 guruhida «Mehnat intizomi. Mehnat shartnomasi taraflarining moddiy javobgarligi» mavzusida ochiq dars mashg‘uloti o‘tkazildi.
Ochiq dars seminar mashgʻulot shaklida oʻtkazilib, unda mehnat intizomi tushunchasi, moddiy javobgarlik holatlari masalasi muhokama qilindi. Mashg’ulot davomida Kahоot interaktiv onlayn dasturidan foydalangan holda o’tilgan mavzu mustahkamlandi.
Darsni texnikumning tajribali o‘qituvchilari kuzatdilar va ijobiy baho berdilar.









Telegram | Facebook | Instagram | Youtube