«Yangi O’zbekiston armiyasi-mamlakat tayanchi, xalqimiz faxri» shiori ostida bayram tadbiri tashkil etildi

O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 12-dekabrdagi «O’zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganligining 33-yilligi hamda Vatan himoyachilari kuni bayramiga tayyorgarlik ko’rish va uni yuqori saviyada o’tkazish to’g’risida»gi F-62-son Farmoyishi ijrosini ta’minlash maqsadida Farg’ona yuridik texnikumida Yuridik xizmat 42-24 guruh o’quvchilari tomonidan «Yangi O’zbekiston armiyasi-mamlakat tayanchi, xalqimiz faxri» shiori ostida bayram tadbiri tashkil etildi.

Tadbirda vatanimiz faxri, g’ururi bo’lgan yigitlarimizni ulug’lovchi she’r, kuy qo’shiqlar, badiiy chiqishlar o’quvchilar tomonidan ijro etildi.

Bunday tadbirlar o’quvchilarda xarbiy vatanparvarlik va ona vatanga muhabbat tuyg’usini shakillantiradi. Tadbir ko’tarinki ruhda o’tdi.



Telegram | Facebook | Instagram | Youtube

Ulashing: