O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 19 oktyabrdagi “Buyuk shoir va mutafakkir Alisher Navoiy tavalludining 580 yilligini keng nishonlash to’g’risida”gi qarori ijrosini ta’minlash maqsadida “Navoiy yodi ila yashaymiz” deb nomlangan 1-bosqich 2-20 guruh o’quvchilari tomonidan ma’naviy-ma’rifiy tadbir bo’lib o’tdi.
Tadbirda Alisher Navoiyning xayoti va ijodi to’g’risida tayyorlangan videorolik hamda saxna ko’rinishlari namoyish etildi. Shuningdek, o’quvchilar tomonidan Alisher Navoiy qalamiga mansub g’azal va ruboiylaridan parchalar tinglandi.
Tadbir davomida Farg’ona shahar 4-sonli bolalar musiqa maktabining ijodiy guruxi o’zlarining musiqiy chiqishlar bilan tamoshabinlarni xushnud etdilar.