Texnikumning «O’quvchilar turar joyi» talabalarining bo’sh vaqtlari mazmunli tashkil etilmoqda. Jumladan bugun Farg’ona shahar 4-sonli bolalar va musiqa maktabi tomonidan Alisher Navoiyning 580 yilligi munosabati bilan tashkil etilgan badiiy kechada ishtirok etdilar.
Tadbirda maktab o’quvchilari tomonidan tayyorlangan musiqiy chiqishlar, milliy raqs, qo’shiqlar va boshqa ijod namunalardan texnikum o’quvchilari va barcha ishtirokchilar baxramand bo’ldilar.