Farg’ona viloyati yuridik texnikumida 18 fevral` kuni o’tkazilgan “Siyosiy savodxonlik soatida” “Xususiy-huquqiy fanlar” kafedrasi mudiri Ravshan Raimjonovich Xoshimov tomonidan O’zbekiston Respublikasining 2020 yil 19 mayda qabul qilingan “Ta’lim to’g’risida”gi Qonunining asosiy o’zgarish va qo’shimchalari haqida ma’lumot berildi.
Mavzu bo’yicha Maxbuba Yursunovna Toshmatova so’z olib, yangi qabul qilingan qonunning ahamiyati haqida fikr bildirdi.