Farg’ona viloyati yuridik texnikumida 1-bosqich o’quvchilari o’rtasida «Zakovat» intellektual o’yinlarining saralash bosqichi o’tkazildi.
Birinchi bosqich 3-20 guruhining «Ideal», 5-20 guruhining «Xushnudbek izdoshlari» va 7-20 guruhining «Istiqlol» jamoalari bilimdonlari ishtirokida o’tkazilgan ushbu tadbir ishtirokchilar va tomoshabinlarda katta taassurot qoldirdi.
Nafaqat yuridik sohada, balki mantiqiy va turli sohalardagi savollarga javob topish uchun izlanishda bo’lishga undaydigan bunday o’yinlar bo’lajak huquqshunoslarni o’z ustida ko’proq ishlashiga asos bo’ladi.
«Zakovat» o’yinlari davom etadi!..