Farg’ona viloyati yuridik texnikumida O’zbekiston Respubikasi Milliy gvardiyasi Farg’ona viloyat qo’riiqlash boshqarmasi xodimlari va texnikum bitiruvchilari bilan qo’riqlash xizmatining vazifalari, faoliyati hamda ishga qabul qilish asoslari bo’yicha davra suhbati o’tkazildi.
Davra suhbatida Qo’riqlash boshqarmasi boshlig’ining o’rinbosarlari – podpolkovnik I.Kamolov va mayor E.Oxunovlar ishtirok etishdi.
Suhbatda mehmonlar tomonidan Milliy gvardiyaning asosiy vazifalari, qo’riqlash xizmatining faoliyati, xizmat xodimlariga beriladigan imtiyozlar, ishga kirish tartibi haqida batafsil tushunchalar berildi va texnikum bitiruvchilari o’zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldilar.
Davra suhbati so’nggida qo’riqlash boshqarmasi faoliyatiga oid videorolik namoyish etildi.
Tadbir ommaviy axborot vositalarida yoritiladi.