Farg’ona viloyati yuridik texnikumi «Ommaviy huquqiy fanlar kafedrasi» o’qituvchisi B.Akbarova tomonidan 1-bosqich, Sud huquqiy faoliyat yo’nalishi, 6-20 guruhi o’quvchilari uchun Konstitutsiyaviy huquq modulidan «Garantiya prav i svobod cheloveka» mavzusida ochiq dars mashg’uloti o’tkazildi.
Seminar tarzida tashkil etilgan darsda yangi pedagogik texnologiyalardan unumli foydalanildi.
O’quvchilar tomonidan tayyorlangan taqdimotlar namoyish etildi.
Darsda kichik guruhlar bilan ishlash samarali tashkil etildi.
O’quvchilarning fanga qiziqishi, o’z ustida ishlashlari, o’zaro hamfikrlik asosida vaziyatga baho berishlari kuzatuvchi sifatida qatnashgan ustozlarda yaxshi taassurot qoldirdi.