Farg’ona viloyati yuridik texnikumi umumta’lim fanlar kafedrasi o’qituvchisi SH.Vaxobova «Yuristlar uchun ingliz tili» modulidan texnikumning «Sud huquqiy faoliyat» yo’nalishi 6-20 guruhida «Liadership» mavzusida ochiq dars mashg’ulotini o’tkazdi.
Ochiq dars yangi pedagogik texnologiyalardan unumli foydalanilib, kichik guruhlarda faol ishtirok etilgan holda o’tkazildi.
Yangi mavzu o’quvchilarni sohaga oid terminlarni o’zlashtirishiga, erkin fikrlashiga undashi bilan yaxshi samara beradi.
Dars yakunida o’tilgan mashg’ulotning yutuq va kamchiliklari haqida nazoratchilar o’z fikr mulohazalarini bildirdilar.