Farg’ona viloyat adliya boshqarmasi tomonidan Farg’ona shahar «Al- Farg’oniy» bog’ida “Muammo va yechim” shiori ostida o’tkazilgan “Adliya sayli” huquqiy, ma’naviy va ma’rifiy targ’ibot tadbirida Farg’ona viloyati yuridik texnikumi o’qituvchi va o’quvchilari ham faol ishtirok etdilar.
Fuqarolar ushbu tadbirda ishtirok etishib, adlya xodimlaridan huquqiy maslahatlar olishdi, sayyor davlat va notarius xizmatlaridan foydalanishdi, madaniy-ma’rifiy chiqishlardan bahramand bo’lishdi.
Bolalar va kattalar uchun mo’ljallab, huquq fanlaridan tuzilgan test savollariga sayl ishtirokchilari javob berishdi va adliya boshqarmasining estalik sovg’alariga ega bo’lishdi.
Bundan tashqari texnikumning «Street Law» volontyorlari tomonidan shaharning aholi gavjum joylarida O’zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi «Huquqiy axborot»kanalida yoritilib borilayotgan fuqarolarga yaratilayotgan imtiyozlar yuzasidan targ’ibot tadbirlari ham tashkillandi.