Joriy yilning 4 may kuni texnikumning Yoshlar ittifoqi yetakchisi M.Madaminov boshchiligida texnikum oʻquvchilari 1941-1945 yillardagi urush davrida front ortida mehnat qilgan mehnat fahriysi Fargʻona shahar S.Temur 44/1 xonadonida yashovchi V.Ushaqova xonadoniga bayram munosabati bilan tashrif buyurdilar.
Tashrif davomida Valentina Ushaqova oʻz hayot yoʻllari, urush davrining mashaqqatliri haqida oʻquvchilar bilan oʻrtoqlashdi.
Bunday uchrashuvlar oʻquvchilarda vatanga boʻlgan sadoqat, shukronalik his-tugʻularini uyhotishga xizmat qiladi.