Texnikumda «Faol kitobxon» koʻrik tanlovi oʻtkazildi.

⚖️ Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoyev tomonidan yoshlar maʼnaviyatini yuksaltirish va ularning boʻsh vaqtini mazmunli tashkil etish boʻyicha beshta muhim tashabbus ijrosini taʼminlash maqsadida, texnikumda kitobxonlik madaniyatini oshirish, mutolaa koʻnikmalarini shakllantirish, barcha turdagi adabiyotlarni targʻib qilish maqsadida joriy yilning 20 may kuni «Faol kitobxon» koʻrik tanlovi oʻtkazildi.

📌 Tanlov Nizomiga asosan ishtirokchilar uchta shart boʻyicha bellashib, besh balik tizim boʻyicha baholandilar. Oʻquvchilar oʻzlarining puxta tayyorgarligi, adabiyot va sheʼriyatga boʻlgan qiziqishlari tomoshabinlarda juda katta qiziqish uygʻotdi. Buyuk shaxslar va ijodkorlar xayotiga bagʻishlangan slaydlar ham namoyish etildi.

📌 «Faol kitobxon», «Eng ijodkor kitobxon», «Yosh kitobxon», «Zukko kitobxon», «Eng iqtidorli kitobxon» kabi naminatsiyalar bilan taqdirlandilar.

 

Ulashing: